Borrel: YeI davlatlari UQKga Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berilganini muhokama qiladi

Jahon 16:00 1586

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati oliy vakili Jozep Borrel Yevropa Ittifoqi davlatlarini qo‘shni davlatga qarshi urushini davom ettirayotgan Rossiyada Ukrainaning chegaradan uzoqdagi nishonlarga o‘ziga yetkazib berilgan qurollar bilan hujum qilishiga ruxsat berishga chaqirdi. «Men yana va yana aytamanki, Ukraina biz yetkazib berayotgan qurollardan nafaqat o‘qlarni to‘xtatish, balki kamonchilarni o‘ldirish uchun ham foydalanishi kerak», — dedi Borrel 18 noyabr, dushanba kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishidan oldin. U shunday qadam zarurligiga ishonchi komilligini ta’kidladi.

«Ishonchim komilki, biz buni yana bir bor muhokama qilamiz», — deya qo‘shimcha qildi Yevropa diplomatiyasi rahbari. Avvalroq Yevroparlament ham xuddi shunday qaror qabul qilishga chaqirgan edi.

Kreml AQShning RFga ATACMS zarbalari haqidagi qaroriga munosabat bildirdi

Rossiya AQShning Ukrainaga RFga uzoq masofali raketalar bilan zarba yo‘llashga ruxsat bergani haqidagi xabarlarga juda salbiy munosabat bildirdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 18 noyabr kuni bu qaror keskinlikning yangi bosqichi va AQShning Ukrainadagi urushga aralashuvini anglatadi, dedi.

«Agar shunday qaror haqiqatan ham ishlab chiqilgan va Kiyev rejimiga yetkazilgan bo‘lsa, bu keskinlikning sifat jihatidan yangi bosqichi va Qo‘shma Shtatlarning ushbu mojaroga aralashuvi nuqtayi nazaridan yangi holat», — dedi Peskov matbuot brifingida. Kremlda hozircha faqat G‘arb ommaviy axborot vositalaridan ma’lumot bor.

Ko‘proq yangiliklar: