Videoda amaldor allaqanday shaxslarni nazarda tutib, agar ular “o‘yin qilgan” yoki bosim o‘tkazgan bo‘lsa, xodimlaridan bu haqda unga aytishini talab qilgan.
“Anavi hezalak qilmagan bo‘lsa, ***anini sug‘urib olib haydayman. Agar anavi …labdek o‘yin qilgan bo‘lsa. Hey, respublikadan odam kelib o‘tiribdi bu yerda. Bir deganda qilib beryapti hamma narsani. Manavi …donlar [nimadir] senlarni …tarayotgan bo‘lsa, ***anini sug‘urib olaman, …doraslar! Ayt menga, odamga o‘xshab! Blyat! Hammang o‘likka o‘xshaysan”, deya dag‘dag‘a qilgan Mashrapov.
Voqea qaysi yig‘ilishda bo‘lgani va video qachon olingani ma’lum emas.
Kun.uz vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Kadastr agentligi matbuot xizmati bilan bog‘landi, ammo holatga hozircha rasmiy munosabat taqdim qilinmadi.
Farg‘ona viloyati kadastr boshqarmasining Telegram-kanalida shu kunlarda viloyatning barcha hududlarida reja-grafik asosida monitoring tadbirlari o‘tkazilayotgani, aniqlangan noqonuniy holatlarni bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani haqidagi qator xabarlar joylashtirilgan.