Jazoni ijro etish muassasalari ichki qoidalariga o‘zgartirish kiritiladi

O‘zbekiston 10:13 / 15.05.2024 1908

Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib-qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.

Buyruq loyihasini qabul qilish zarurati ichki idoraviy hujjatni amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirish orqali jazoni ijro etish tizimida o‘rnatilgan tartib-qoidalarni optimallashtirish bilan bog‘liq.

Ichki ishlar vazirining buyrug‘ini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirish bilan bir qatorda, jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning saylov jarayonida ishtirok etishga bo‘lgan huquqi yoritilib, nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish jarayonlari takomillashtirilmoqda hamda manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar pensiya tayinlash yuzasidan Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etish huquqi kiritilmoqda.

Loyihaning qabul qilinishi O‘zbekiston davlat budjetidan qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini talab qilmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: