Trampning sobiq advokati sudda aktrisaga to‘langan pullar haqida ma’lum qildi

Jahon 10:24 / 14.05.2024 3308

Donald Trampning sobiq advokati Maykl Koen 13 may, dushanba kuni Nyu-York sudida 2016 yilgi saylov kampaniyasi vaqtida o‘zi haqidagi salbiy ma’lumotlarni «sotib olish» uchun hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblangan AQSh sobiq prezidentiga qarshi jinoiy ish bo‘yicha asosiy guvoh sifatida ko‘rsatma berdi. Koenning aytishicha, Tramp unga aktrisa Stormi Danielsga sukut saqlashi uchun pul to‘lashni buyurgan va uni unga qaytarishga va’da bergan. 

«Shunchaki buni qil», degan go‘yoki Tramp Koenga. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp «rafiqasi Melaniya haqida o‘ylamagan, xayoli faqat saylov kampaniyasi bilan bo‘lgan». 

Koenning so‘zlariga ko‘ra, u Danielsga o‘z mablag‘lari hisobidan 130 ming dollar to‘lagan va Trampga topshiriq bajarilgani haqida hisobot bergan, biroq keyin bu pulni qaytarishni so‘rashga to‘g‘ri kelgan va oxir-oqibat unga advokatlik haqi sifatida bo‘lib-bo‘lib to‘lash va’da qilingan. Ayblovga ko‘ra, pulni qaytarish chog‘ida Tramp moliyaviy hujjatlarni soxtalashtirgan – 2015 yil avgustidan 2017 yil dekabrigacha 34 marta. «Sukut saqlash uchun» mo‘ljallangan to‘lovlarining o‘zi noqonuniy hisoblanmaydi. 

«Muammoli guvoh» 

Biroq, o‘tmishda yolg‘on gapirgani uchun fosh etilgan Koenni sudyalar muammoli guvoh sifatida ko‘rishi mumkin, deb xabar berdi dpa. Prokuror Syuzen Xoffinger ko‘rsatmalarni tasdiqlash uchun sudga ko‘plab hujjatlarni, jumladan elektron pochta va telefon qo‘ng‘iroqlari stenogrammalarini taqdim etdi. Ayblov tomoni Tramp to‘lovlar bilan bog‘liq barcha voqealardan boshidan oxirigacha xabardor bo‘lganini va Danielsning sukutini sotib olib, saylov natijalariga noqonuniy ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lganini isbotlamoqchi. 

O‘z navbatida, Trampning himoyasi to‘lovlardan maqsad boshqacha — o‘zi va oilasi obro‘sini himoya qilish bo‘lganini ta’kidlamoqda. Donald Trampning o‘zi aktrisa bilan yaqin munosabatda bo‘lganini, shuningdek, saylov fondlaridan noqonuniy foydalanganlik faktlarini rad etadi. 

Bundan tashqari, Koen hakamlar hay’atiga o‘sha paytda prezidentlikka nomzod haqidagi salbiy xabarlarni, masalan, Trampning aloqalari, shu qatorda bunday materiallarni chop etish huquqini sotib olganini va keyin buni qilmaganini aytdi. Koen 14 may kuni va ehtimol yana bir necha kun guvohlik berishda davom etadi. 

AQSh sobiq prezidentiga qarshi birinchi jinoiy sud 

15 aprel kuni aktrisa Stormi Denielsga pul o‘tkazmalarini yashirganlik ishi bo‘yicha Donald Trampga qarshi boshlangan sud jarayoni AQSh tarixida mamlakat sobiq prezidentiga nisbatan birinchi jinoiy sud hisoblanadi. Danielsning ta’kidlashicha, u tadbirkor bilan 2006 yilda xayriya golf turnirida tanishgan va Trampning rafiqasi Melaniya birinchi marta farzand ko‘rganida u bilan yashirin yaqin munosabatda bo‘lgan. Aktrisa Donald Trampning 2016 yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida fosh etish bilan tahdid qilgan. 

Bu ishda Denielsdan tashqari, Tramp 2006-2007 yillarda uchrashganligi aytilayotgan model Karen Makdugal va Trampning sobiq uy bekasi bilan bo‘lgan munosabati haqida bilganini da’vo qilgan Trump Tower mehmonxonasi sobiq xodimi Dino Sajudin ham bor. Agar Tramp aybdor deb topilsa, unga jami 136 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: