Farg‘onada maktab o‘quvchisiga shapaloq tushirgan Milliy gvardiya xodimi ishdan chetlatildi

O‘zbekiston 13:17 / 14.05.2024 13606

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi maktablardan birida Milliy gvardiya kiyimidagi xodimning o‘quvchilardan birining yuziga shapaloq tortgani aks etgan videolar yuzasidan Milliy gvardiya xizmati Kun.uz'ga izoh berdi.

Ta’kidlanishicha, holat hududdagi 49-maktabda sodir bo‘lgan. Maktabda inspektor-psixolog sifatida ishlayotgan xodim o‘quvchiga shapaloq tushirishi ortidan lavozimidan chetlatilgan. Qo‘shimcha qilinishicha, uni boshqa lavozimga qo‘yish ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil fevral oyida prezident boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda maktablardagi inspektor-psixologlar shtati IIVdan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.

6 fevraldan 7 martga qadar 1 mln 769 ming nafar o‘quvchi maktabga qaytarilgani, respublika bo‘yicha davomat 97,7 foizga yetgani e’lon qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: