XXR davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Gochjun boshchiligidagi delegatsiya to‘rt kunlik tashrif bilan O‘zbekistonga keladi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
"Tashrif dasturidan hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston–Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining 7-yig‘ilishida ishtirok etish, Toshkent shahri, Samarqand, Sirdaryo viloyatlaridagi bir qator sanoat obektlari faoliyati bilan tanishish o‘rin olgan", – deb yozdi O‘zbekiston bosh vaziri matbuot kotibi.
61 yoshli Lyu Gochjun 2022 yil oktyabr oyida Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zoligiga saylangan edi, 2023 yil 12 mart kuni esa u Butunxitoy xalq vakillari kengashi 1-sessiyasining 5-yalpi majlisida XXR davlat kengashi bosh vazirining o‘rinbosari etib tasdiqlandi.
"Sinxua" xabariga ko‘ra, XXR davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Gochjun 12-20 may kunlari O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga tashrif buyuradi.