O‘zbekistonda qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 08:53 / 13.05.2024 1378

"Infozakon"ning xabar qilishicha, Mintaqaviy ekspertlar kengashi prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022 yil mart oyida Toshkentda tashkil etilgan yuqori darajadagi "BMT global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy hamkorligi" xalqaro konferensiyasida ilgari surilgan va xalqaro sheriklar tomonidan keng ko‘lamda qo‘llab-quvvatlanayotgan tashabbusi doirasida tashkil etilmoqda.

Maqolada qayd etilishicha, Mintaqaviy ekspertlar kengashining Toshkentdagi birinchi yig‘ilishida Markaziy Osiyo davlatlari, xalqaro tashkilotlar – BMT va YeXHTning yuqori martabali mansabdor shaxslari, shuningdek qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish, xususan jinoiy harakatlar sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish sohasidagi mutaxassislar ishtirok etadi.

"Tadbir doirasida "Repatriantlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilishga davlat va umumiy ijtimoiy yondashuvning ahamiyati", "Mahalliy jamoalar va jamoat tashkilotlarining sohadagi o‘rni" kabi muhim mavzularda seksiyalar tashkil etiladi", – deb yakunlaydi "Infozakon".

Ko‘proq yangiliklar: