Germaniya ishchi kuchi tanqisligi tufayli har yili milliardlab yevro yo‘qotyapti
Iqtisodchilarning fikricha, nemis kompaniyalari to‘liq quvvat bilan ishlasa joriy yilda 49 milliard yevro ko‘proq daromad olishlari mumkin. Kelgusi yillarda malakali kadrlar yetishmasligi muammosi yanada og‘irlashadi.

Foto: Getty Images
Germaniya iqtisodiyoti malakali kadrlar yetishmasligi sababli har yili milliardlab yevrolik yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda. Germaniya iqtisodiyoti instituti (IW) 12 may, yakshanba kuni e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, nemis korxonalari to‘liq quvvat bilan ishlagan taqdirda, 2024 yilda 49 milliard yevro ko‘proq daromad olishlari mumkin. Shu bilan birga, kadrlar yetishmasligi bilan bog‘liq qiyin vaziyat kelgusi yillarda yanada yomonlashadi.
IM ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Germaniyada 570 ming ish o‘rni bo‘sh qolgan. «Korxonalar uchun bu ularning ishlab chiqarish salohiyati amalga oshirilmaganligini anglatadi, aslida ular ko‘proq ishlab chiqarishlari mumkin edi, ammo xodimlar yetarli emas», deydi institut mutaxassislari.
Kadrlar yetishmasligi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashmoqda
Kelgusi yillarda kadrlar yetishmovchiligi bilan bog‘liq vaziyat yanada og‘irlashishi kutilayotganligi sababli, iqtisodchilarning prognozlariga ko‘ra, mos ravishda moddiy yo‘qotishlar ham ortadi. IM hisob-kitoblariga ko‘ra, 2027 yilda yo‘qolgan ishlab chiqarish salohiyati miqdori 74 milliard yevrogacha oshadi.
«Kadrlar taqchilligini kamaytirish uchun bizga, birinchi navbatda, malakali muhojirlar kerak», deb hisoblaydi iqtisodchilar. Ular, shuningdek, keksa xodimlarning ish muddatini uzaytirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar. «Bizneslar jozibador takliflar bilan tajribali xodimlarni saqlab qolishga harakat qilishlari kerak», deb maslahat berdi Germaniya Iqtisodiyot instituti.
Mavzuga oid

12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi

10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi

10:01 / 24.02.2025
Mers Germaniyada hukumatni tezroq shakllantirishga chaqirdi

09:10 / 24.02.2025