Ijtimoiy himoya milliy agentligi Xitoyda uchta muassasa tajribasini o‘rganib qaytdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasi Xitoyning Shanxay shahriga tashrif davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishda muhim rol o‘ynaydigan uchta muassasa tajribasini o‘rgandi.
Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva bu haqda o‘z sahifasida yozib qoldirgan postida ushbu muassasalarning yutuqlari haqida aytib o‘tgan.
Ma’lum qilinishicha, Shanxay Bolalar tibbiyot markazi pediatriya, bolalar jarrohligi va nogiron bolalarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha erishgan yutuqlari bilan ajralib turadi, Ulitsyao mavzesidagi Voyaga yetmagan bolalarni himoya qilish markazi esa qiyin vaziyatlarga tushib qolgan bolalarning hayotini yaxshilash uchun kurashadi va oilalarini qo‘llab-quvvatlash ustida ish olib borilmoqda.
Shanxay reabilitatsiya uskunalari ko‘rgazma markazi nogironlar va keksalar uchun ularni reabilitatsiya qilish va sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan keng turdagi yordamchi uskunalarni taqdim etadi. Ushbu markaz imkoniyati cheklangan odamlar hayot sifatini yaxshilaydigan vositalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi.
«Bu kabi muassasalarning tajribalarini o‘rganish orqali adolatli va inklyuziv jamiyat qura olishimizga ishonchimiz komil», degan agentlik direktori birinchi o‘rinbosari.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi shu kabi muassasalar bilan hamkorlikni davom ettirishi va bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarni ko‘paytirishi ta’kidlangan.
Mavzuga oid

13:35 / 08.03.2025
Muayyan kasalliklari bor o‘quvchilarga transport xarajatlari to‘lab beriladi

21:20 / 19.02.2025
Tomorqasiga ekin ekmagan kambag‘allar imtiyozlardan mahrum bo‘ladi

22:19 / 12.02.2025
O‘zbekistonda qamoqdan ozod etilgan shaxslarga 2,25 mln so‘mdan pul to‘lanadi

13:02 / 01.02.2025