Sirdaryo hokimi prezident topshirig‘iga ko‘ra urush qatnashchisiga uy sovg‘a qildi

O‘zbekiston 10:33 / 10.05.2024 19780

O‘zbekiston prezidenti joriy yilning 8 may kuni Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitaliga borib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olgandi.

Davlat rahbari tashrif chog‘ida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidan bo‘lgan 101 yoshli O‘skan Hojimanov bilan suhbatlashib, uning iltimosiga binoan otaxonga uy sovg‘a qilmoqchiligi ma’lum bo‘lgandi.

Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev prezident topshirig‘idan so‘ng, O‘skan Hojimanovga uy sovg‘a qildi.

101 yoshli otaxon ayni paytda davolanayotgani bois, xonadon uning kelini va nabiralariga topshirildi. Shuningdek, hokim gospitalda ham bo‘lib, otaxonni tabrikladi, yangi xonadon hujjatlari va kalitini berdi.

Ko‘proq yangiliklar: