Federal jinoiy politsiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning birinchi choragida Germaniyada antisemitizm tufayli sodir etilgan jinoyatlar soni keskin oshgan. Jumladan, yanvar-mart oylarida mamlakatda 793 ta, jumladan, 14 tasi zo‘ravonlik qo‘llash bilan sodir etilgan ana shunday jinoyatlar qayd etilgan. Bunday raqamlar federal hukumatning bundestagdagi So‘l partiya guruhi so‘roviga javobida keltirilgan, deb yozadi 9 may, payshanba kuni Die Welt gazetasi sayti.
2023 yilning xuddi shu davrida, birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, antisemitizm tufayli sodir etilgan jinoyatlar yarmidan ko‘prog‘i qayd etilgan – 379. Keyinchalik bu ko‘rsatkich 643 taga yetgan — huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ko‘p sonli xabarlar sodir bo‘lganidan bir muncha vaqt o‘tgach kelib tushgan. Bu yil ham xuddi shuni kutish mumkin, deya qayd etadi nashr.
2024 yilning dastlabki uch oyida 800 ga yaqin antisemitistik jinoyat va huquqbuzarliklarning 385 tasi o‘ng mafkura tarafdorlari tomonidan sodir etilgan, shu jumladan, 4 ta zo‘ravonlik holatlari kuzatilgan. Yana 245 tasi (shundan 3 tasi zo‘ravonlik bilan bog‘liq) ksenofobiya ko‘rinishi sifatida tasniflangan.
Gap qonunbuzarliklarning keng ko‘lamli doirasi haqida bormoqda - haqorat qilish va konstitutsiyaga zid belgilarni namoyish qilishdan tortib, xavfli tan jarohati yetkazishgacha. Jinoiy huquqbuzarliklarni rag‘batlantirish yoki ma’qullash holatlari ham ko‘p bo‘lgan - bular qatoriga, masalan, 2023 yil 7 oktyabrda HAMAS guruhining Isroilga hujumini olqishlash kiradi.