Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan 101 nafar o‘zbekistonlik xotirasi yod etildi

O‘zbekiston 13:11 / 09.05.2024 6698

"Dunyo" xabariga ko‘ra, unda Niderlandiyaning "Sovet shon-sharaf maydoni" jamg‘armasi ko‘ngillilari, shu jumladan, mahalliy oliy o‘quv yurtlari talabalari hamda maktab o‘quvchilari, Niderlandiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar qatnashdi.

Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushida Niderlandiyada qurbon bo‘lib, mazkur xotira maydonida dafn etilgan 865 nafar sovet askarlari, shu jumladan, o‘zbekistonlik 101 nafar askarning qabrlariga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Niderlandiyaning "Sovet shon-sharaf maydoni" jamg‘armasi boshqaruv kengashi raisi Remko Reyding o‘z nutqida, Lyoysden shaharchasida dafn etilgan ko‘plab o‘zbek askarlari qabrlariga gul qo‘yish orqali ularni ruhiga hurmat ko‘rsatish yaxshi an’anaga aylanganini ta’kidlab o‘tdi. "Bu orqali biz Ikkinchi jahon urushi yillarida katta qurbonlikni boshdan kechirgan o‘zbek askarlari xotirasini hurmat bilan yana bir bor yodga olamiz va ularning nomlarini unutilmasligiga va abadiy saqlanishiga harakat qilamiz", dedi u.

Tadbirda ishtirok etgan vatandoshlar ushbu tadbir yurt himoyasi va uning tinchligi uchun o‘z jonlarini fido qilgan 101 nafar o‘zbekistonliklar xotirasini yana bir bor yodga olish, ularning haqqiga duo qilish va nomlarini hurmat va minnatdorlik bilan eslash bugungi yosh avlodlarning burchi ekanligini qayd etdilar.

Shundan so‘ng urush qurbonlari ruhlariga bag‘ishlab Qur’on tilovat qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: