«Borussiya D» «PSJ»ni javob bahsida ham yengib, 11 yillik tanaffusdan so‘ng YeChL finaliga chiqdi

Sport 01:58 / 08.05.2024 16798

Yevropa Chempionlar Ligasida dastlabki finalchi aniqlandi. 

«Borussiya D» «PSJ»ni safarda ham mag‘lubiyatga uchratib, 11 yillik tanaffusdan so‘ng eng nufuzli yevrokubok finaliga yo‘llanma oldi. Hummelsning goli o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi. 

Dortmund klubining finaldagi raqibi 8 may kuni «Real» va «Bavariya» o‘rtasidagi ikkinchi yarimfinalda (birinchi o‘yin — 2:2) aniqlanadi. Final esa 1 iyun kuni Londondagi «Uembli» stadionida o‘tkaziladi. 

YeChL. Yarimfinal. Javob bahsi
PSJ — Borussiya D 0:1

7 may, «Park-de-Prens»
Gol: Hummels (50). 
PSJ – Donnarumma, Hakimi, Markinos, Beraldo, Mendesh, Fabian Ruis (Asensio, 63), Vitinya, Zair-Emeri (Li Kan In, 76), Dembele, Mbappe, Ramush (Barkolya, 63).
Borussiya D – Kobel, Ryuerson, Hummels, Shlotterbek, Matsen, Zabitser, Jan, Brandt (Nmecha, 85), Sancho (Zyule, 67), Adeyyemi (Roys, 56), Fullkrug.
Ogohlantirishlar: Zabitser (64), Hummels (65), Dembele (75), Hakimi (84).
Birinchi o‘yin — 0:1.

Ko‘proq yangiliklar: