Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Yevropa komissiyasi (YeK) rahbari Ursula fon der Lyayyen va Xitoy rahbari Si Jinping o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishdan so‘ng fon der Lyayyen xonim Xitoy Yevropa Ittifoqiga eksportni ixtiyoriy ravishda kamaytirishini kutayotganini aytdi, chunki «Xitoy elektromobillari va po‘lati Yevropa bozorini to‘ldirib tashlagan».
Fon der Lyayyen xonim, agar Xitoy eksportni qisqartirmasa, Yevropa Ittifoqi qattiq iqtisodiy choralar ko‘rishga tayyorligini qo‘shimcha qildi.
«Bizning bozorimiz halol raqobat va investitsiyalar uchun ochiq bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Ammo bu bizning xavfsizligimizga putur yetkazsa va bizni zaif holga keltirsa, Yevropaga foyda keltirmaydi. Yevropa bozorni buzib ko‘rsatadigan amaliyotlarga jim qarab turmaydi, chunki bu sanoatga jiddiy zarar yetkazishi mumkin», dedi u.
Fon der Lyayyen so‘zlariga ko‘ra, Xitoy o‘z sanoat sektorini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda, garchi mamlakatda ichki iste’mol o‘smasa ham. Bularning barchasi ortiqcha ishlab chiqarishga olib kelyapti, Yevropa Ittifoqi Xitoyni bunga qarshi kurashishga chaqirdi. Si Jinping, o‘z navbatida, Xitoyda «ortiqcha ishlab chiqarish quvvati» muammosi yo‘qligini ta’kidladi, deb xabar berdi «Sinxua» agentligi.