Ukrainada urushning 801-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
Rossiya mudofaa vazirligi Qrim uzra ATACMS rusumli to‘rtta raketa urib tushirilganini ma’lum qildi.
Xarkivda dronlar hujumi oqibatida to‘rt kishi jarohatlandi.
Dnipropetrovsk oblastida dronlar kritik infratuzilma obektlariga hujum qildi, ikki kishi jarohatlangan.
Belgorodda portlash oqibatida besh kishi jarohatlandi, region gubernatori buning sababini aytmagan.
Rossiya IIV saytida Volodimir Zelenskiy va Petro Poroshenko qidiruvga berilgani to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi.
Karpatorti oblastida harbiy komissariat xodimlari mahalliy aholi vakillari qishloqdoshlarining safarbar qilinishiga qarshi uyushtirgan namoyishi vaqtida bir necha bor havoga o‘q uzdi.
Ukraina rossiyalik va belruslik eshkakchilarni Olimpiada saralashidan chetlatishni talab qildi.
Kun kadri. Lvivda Pasxa ibodatidan keyin
Xarkiv o‘qqa tutilishidan keyin chiqqan yong‘in
Rossiya armiyasining Xarkivga 4 mayga o‘tar kechasi qilgan hujumidan keyin shaharning Industrial rayonidagi sanoat korxonalaridan birida (oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovga ko‘ra, fuqarolik obekti) yong‘in chiqqan. Kamida to‘rt kishi jarohatlangan. Va bu o‘sha kuni Xarkiv navbatdagi marta o‘qqa tutilishi edi.
Ukraina qurolli kuchlari jangchilari va «Vampir» dronlari
Dronlar urushi — Rossiya va Ukraina armiyalari qarama-qarshiligidagi muhim frontlardan biri sanaladi. Intensiv harbiy harakatlarning ikki yildan oshiq vaqti davomida ikki tomon ham dronlarning zamonaviy mojarolardagi ahamiyatini anglagan holda pilotsiz uchish qurilmalari texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish maqsadlariga katta resurslar sarflamoqda. Ayniqsa Ukraina qurolli kuchlari uchun dronlar o‘ta muhim: Amerikaning yangi harbiy yordami hali frontga yetib bormagan sharoitda dronlar RF qurolli kuchlarining hujumini to‘xtatib turish hamda boshqa resurslar taqchilligini bilintirmay, texnikalar va jonli kuchlarga zarba berish imkoniyatini taqdim etadi.