Vashington Xitoy va Rossiyani sun’iy intellekt (SI)ni yadro qurolidan foydalanish qarorlaridan chetlashtirish majburiyatini olishga chaqirmoqda. AQSh Davlat departamentining Qurollarni nazorat qilish byurosi rahbari o‘rinbosari Pol Din 2 may, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan onlayn-brifing chog‘ida: «Amerika Qo‘shma Shtatlari yadro qurolini to‘liq nazorat qilish insonga tegishli bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida «aniq va qat’iy» majburiyat oldi. Biz sun’iy intellektga yadroviy quroldan foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilish imkonini hech qachon topshirmaymiz», dedi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya va Britaniya ham shunday qilgan. Davlat departamenti vakili Xitoy va Rossiyani ham xuddi shunday yo‘l tutishga chaqirdi. «Biz Xitoy va Rossiya Federatsiyasining shunga o‘xshash bayonotini ko‘rishdan xursand bo‘lamiz», deb ta’kidladi Din.
Sun’iy intellektga yadroviy qurollar ustidan nazoratni bermaslik majburiyatini «mas’uliyatli xatti-harakatlarning o‘ta muhim normasi» deb atab, u Xitoy va Rossiya BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bo‘lgan kontekstda bunday qaror «juda ma’qul» bo‘lishini aytdi.