Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi dasturi doirasida OPeK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifani qabul qildi.
Davlat rahbari OPeK jamg‘armasining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi muhim o‘rnini qayd etib, O‘zbekistonda sanoat, infratuzilma, suv ta’minoti va boshqa sohalarda moliyalashtirilayotgan tadbirkorlik loyihalarini yuqori baholadi.
Forum davomida imzolangan qiymati 500 million dollarlik bitim doirasidagi loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi. Hujjatda turizm, logistika, farmatsevtika, ekologiya, xotin-qizlar tadbirkorligi va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash kabi yangi yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirish nazarda tutilgan.