Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida Quvada Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Viloyatdagi yirik bog‘bonlarning yerida 50-100 tonnalik muzlatkichli ombor tashkil qilish taklifi qo‘llab-quvvatlandi. Buni hisobiga ularni eksport salohiyati 2 karra oshadi, yo‘qotishlar 25 foizga qisqaradi, 4 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston, Rishton, Beshariq, Bog‘dod tumanlarida joriy yilda har biri 10 ming tonnalik saqlash, saralash va qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish topshirildi.
Viloyat bog‘bon-tadbirkorlarining meva-sabzavotni saqlash, saralash va qayta ishlash loyihalariga xorijiy valutada olingan kreditlarning 6 foizgacha qismi qoplab beriladi.
Shuningdek, Quvasoydagi 12 ming gektar yeri bo‘lgan 616 ta fermerning og‘irini yengil qilish uchun yer solig‘i yarmiga kamaytirladi.