Parkentdagi Kumushkon va Chashma qishloqlariga rasman «turizm qishlog‘i» maqomi berildi

O‘zbekiston 09:35 / 01.05.2024 6093

Joriy yilning 30 aprel kuni Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan Kumushkon va Chashma qishloqlariga «turizm qishlog‘i» maqomi berilishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev, Parkent tumani hokimi Sardor Isoqulov, Kumushkon va Chashma qishloqlari mutasaddilari, tuman faollari ishtirok etdi.

Kumushkon va Chashma qishloqlari tabiati, toza havosi, yashash tarzi, madaniy meros obekti va ziyoratgohlari bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda. O‘tgan yili Parkent tumanida 50 mingga yaqin xorijiy va 900 mingga yaqin mahalliy sayyohlar mehmon bo‘ldi. 

Mahallalarning turizm salohiyati va respublika komissiyasi ijobiy xulosasiga ko‘ra, Turizm qo‘mitasi Kumushkon va Chashma qishloqlariga «Turizm qishlog‘i» maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Joriy yil hududlarda turizm sohasini rivojlantirish va sayyohlarga qulaylik yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli obodonchilik ishlari va turizm obektlarini tashkil etish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi va keyingi yillarda ham mahalliy va xorijiy sayyohlarga yuqori sifatda turizm xizmatlari yo‘lga qo‘yilishi tizimli ravishda olib boriladi.

Ko‘proq yangiliklar: