Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kumushkonda II-VI asrlarga oid qabr topildi

Foto: O‘zA
Toshkent viloyati Parkent tumani «Kumushkon» MFYda yerdan 50 santimetr pastlikda ochilib qolgan o‘tov shaklidagi bo‘shliqdan to‘qqiz dona sopol idishlar topildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi xodimlari tomonidan yuqorida manzili ko‘rsatilgan joy tekshirilganda, balandligi 1,5–1,6 metr, diametri 1,8–1,9 metr, ichki shifti gumbaz shaklida bo‘lgan yerosti qurilmasi qadimiy qabr qo‘rg‘oni bo‘lgani aniqlangan.
Qabrdan olingan sopol idishlar marhumlarni dafn etish chog‘ida qabrning chetlariga qo‘yib chiqilgan bo‘lgan. Ularning barchasi qo‘lda, ya’ni kulolchilik charxi yordamisiz yasalgan. Idishlarning ustiga qizg‘ish rangdagi suyuq angob (bo‘yoq) surtilgan. Ularni yasashda loyiga mayda qum-toshlar, maydalangan ohaktoshlar aralashtirilgan.
Bu topilgan idishlarning uch donasi bir baldog‘li ko‘za, bir donasi ikki baldog‘li tuvak, ikki donasi bir baldog‘li qadah (krujka), ikki donasi kosa va bir donasi piyola bo‘lib, aftidan, ularga suyuqlik quyilib, qabrga qo‘yilgan.
«Afsuski, suyuqliklar uzoq yillar davomida parlanib yo‘q bo‘lib ketgan. Faqatgina ko‘zalardan birida sut qaymog‘ining kukun shaklidagi qoldiqlari saqlangan», deyiladi xabarda.
O‘rganishlarga asoslanib topilgan qabr va undagi topilmalar II–VI asrlarga tegishliligi taxmin qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xoqon Fidan: Isroilning G‘azodagi genotsidi mintaqadagi o‘n yillik taraqqiyotni yo‘q qildi
Jahon | 10:46
-
O‘zbekiston Pokistonda logistika markazini tashkil etishga qiziqish bildiryapti
Iqtisodiyot | 10:41
-
Rossiya Kommunistik partiyasi: Xrushchevning Stalin haqidagi ma’ruzasi xato bo‘lgan
Jahon | 10:05
-
Vengriya O‘zbekistonda Usmoniylar davriga oid eksponatlarni namoyish etmoqchi
O‘zbekiston | 09:38
Mavzuga oid

14:24 / 05.07.2025
O‘zbekistonda Avstriya kompaniyasi ishtirokida tog‘-chang‘i kurorti quriladi

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

21:54 / 30.06.2025
Toshkent viloyatida 4 gektar yerni 300 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi

15:22 / 27.06.2025