Nurotadagi “Chashma” majmuasi rekonstruksiya qilinadi

O‘zbekiston 12:07 / 12.10.2017 6743

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 oktabrdagi qarori bilan Navoiy viloyati Nurota tumanining “Chashma” tarixiy-me'moriy majmuasini rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shuningdek uning hududidagi madaniy meros obektlarini ta'mirlash va restavratsiya qilish ishlarini amalga oshirishga doir kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Tegishli davlat organlari va tashkilotlariga mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq topshiriqlar berildi.

Hujjat 2017 yil 10 oktabrdan kuchga kirdi.
 

Ko‘proq yangiliklar: