Toshkentning uch tumanidagi ayrim hududlarda gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi

Jamiyat 10:11 / 30.04.2024 1924

Poytaxtning Yangihayot, Olmazor, Yashnobod tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ushbu tumanlarning ba’zi mahalla va ko‘chalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Yangihayot tumanida 30 aprel kuni 10:00 dan 17:00 gacha:
— Mash’al mahallasi;
— ulgurji iste’molchilar - 5 ta.

Olmazor tumanida 30 aprel kuni 10:30 dan 14:00 gacha:
— Chamanbog‘ mahallasi;
— ulgurji iste’molchilar - 7 ta.

Yashnobod tumanida 1 may kuni 10:00 dan 14:00 gacha:
— ko‘p qavatli uylardagi 478 ta xonadon;
— ulgurji iste’molchilar - 3 ta.

Ko‘proq yangiliklar: