2-3 may kunlari Qirg‘iziston bosh vaziri Oqilbek Japarov amaliy tashrif bilan Toshkentga keladi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Japarov Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishida hamda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan uchinchi xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi.
Shuningdek, tadbirlar doirasida energetika va qurilish sanoatida faoliyat yurituvchi xalqaro kompaniyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish, qurilish loyihalari bosh rejalari bilan tanishish rejalashtirilgan.