UZINFOCOM Yagona integratori tomonidan Ustudy – zamonaviy IT akademiyasi ochilishi haqida

O‘zbekiston 09:07 / 22.04.2024 4628

17 aprel kuni IT-Parkda Innovatsiyalar portlashi yangradi - Ustudy yangi avlod o‘quv markazi ochildi! Bu shunchaki ochilish emas, balki O‘zbekistonda bo‘lajak IT daholarining yangi ustaxonasini ko‘rsatuvchi voqea edi.

Tadbirning ramziy mehmonlari qatorida mamlakatimiz Raqamli texnologiyalar vaziri Shermatov Sh.X., ishtirok etib, raqamli iqtisodiyot uchun yangi markazning strategik ahamiyatini ta’kidladi.

Ochilish dasturida grafik dizayn, dasturlash va kiberxavfsizlik sohalaridagi yetakchi amaliyotchi-mentorlar tomonidan bir qator master-klasslar bo‘lib o‘tdi. O‘qitishga amaliy yondashuvni qo‘llagan holda, Ustudy nafaqat o‘rgatish, balki o‘z talabalarini ilhomlantirish va tegishli bilimlar bilan ta’minlashni va’da qiladi.

Ustudyʼda o‘qishning afzalliklaridan biri - nafaqat hard skills, balki soft skills ko‘nikmalarini rivojlantirishdir. Taklif etilgan ekspertlar orasida IT sohasining taniqli shaxslari: xalqaro ma’ruzachi Rim Abdullin, biznes-maslahatchi Farxod Kamilov, tadbirkor Laziz Adxamov, IT-loyihalarni boshqarish bo‘yicha ekspert Yekaterina Nikolayeva va O‘zbekiston IT-hamjamiyati rahbari Shavkat Karimov qatnashdilar. Ularning har biri soft skills ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan master-klass o‘tkazdi va IT sohasida qanday qilib karera qurish va rivojlantirish bo‘yicha asosiy strategiya hamda maslahatlar bilan ulashdi.

Va, albatta, sovrinlar o‘yini! Bu haqiqiy imkoniyatlar lotereyasi edi: grantlar, ta’limga chegirmalar, yangi iPad Pro – bularning barchasi zamonaviy texnologiyalar olamida o‘z salohiyatingizni yuzaga chiqarishingiz uchun.

Ustudyʼning ochilishi O‘zbekistonning texnologik salohiyatini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Bu yerda siz nafaqat bilimga ega bo‘lasiz, balki innovatsiyalar va texnologik taraqqiyotga to‘la kelajakni yaratasiz.

Ushbu ajoyib hikoyaning bir qismi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Bugunoq IT olamiga qo‘shiling!

Batafsil ma’lumot: +998 95 190 22 22

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: