Rossiyada haqini ololmayotgan o‘zbekistonliklarning maoshi undirib berildi

Jahon 07:50 / 22.04.2024 2717

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, agentlikning Rossiyadagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Xususan, Permdagi “Trek”, “Limakmarashstroy”, Tuladagi “Volovskiy broyler”, Yekaterinburgdagi “Progress”, Blagoveshenskdagi “Asfalt” va Volgograd korxonalarda ishlayotgan yurtdoshlar va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mamlakatning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi B.Asadov boshchiligidagi delegatsiya Perm shahrida tahsil olayotgan talabalar hamda oliy ta’lim sohasi rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Amur viloyati savdo-sanoat palatasi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Savdo-sanoat palatasining tashkil etilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan Agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi nomidan tabrik xati yetkazildi va palataga a’zo korxonalarga O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy tarzda ishga jalb qilish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, mamlakatning Rossiya Federatsiyasidagi bosh konsuli Perm o‘lkasidagi ko‘p tarmoqli migratsiya markazida bo‘lib, O‘zbekiston fuqarolarining mazkur hududda yashashi va ish bilan ta’minlanishiga bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Krasnoyarskdagi “Esta Konstrakshen” korxonasida ishlayotgan 18 nafar yurtdoshning to‘lanmay kelinayotgan 1 million 660 ming rubldan ortiq miqdoridagi ish haqi ish beruvchidan undirib berildi.

Nijniy Novgorodda qiyin ahvolda qolgan fuqaro Nijniy Novgorod – Tashkent yo‘nalishidagi aviareys orqali vatanga qaytarildi.

Ko‘proq yangiliklar: