Xususan, Jizzax shahrida yashovchi fuqaro M.M. yashash xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga kripto-aktiv va mayning sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun mayning qurilmalarini tijorat maqsadlarida noqonuniy ulab, 280 mln so‘mlik 62,4 ming kVt soat elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.