Gladkov: Belgorodga yaqinlashgan 25 ta havo nishoni urib tushirildi

Jahon 07:51 / 19.04.2024 3601

Belgorod va Belgorod viloyati uzra havo hujumidan mudofaa tizimi ishlab ketdi va shaharga yaqinlashganda 25 ta havo nishonini urib tushirdi. Bu haqda viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkov 19 aprel, jumaga o‘tar kechasi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning aniqlik kiritishicha, Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan amalga oshirilgan hujum natijasida hech kim jabrlanmagan, ammo turar joy binolariga zarar yetgan. 

Xususan, Belgorodda uchta xususiy uyning derazalari singan va fasadlariga zarar yetgan, dedi Gladkov. Shuningdek, to‘rtta ombor hududida ham turli xil zararlar aniqlangan. Omborlardan birida yong‘in sodir bo‘lib, yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan tezda o‘chirildi. Bundan tashqari, sanoat korxonasi binolaridan birining panjarasi shikastlangan va oynalari singan, 11 ta avtomobilga zarar yetkazilgan va bitta garajning tomi tushib ketgan. 

Belgorod viloyatining Tavrovo qishlog‘ida, xususiy uyning tomi va panjarasiga parchalar zarar yetkazgan, bitta mashina ham shikastlangan, deya qo‘shimcha qildi Gladkov. 

Ukraina harbiylari Belgorod viloyatining o‘qqa tutilishi haqida izoh bermadi. 

Ko‘proq yangiliklar: