«Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi

O‘zbekiston 07:44 / 18.04.2024 1915

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida yashovchi 29 yoshli J.F. sodir etgani aniqlangan.

Unga ko‘ra, J.F. jabrlanuvchi J.S. (ayol)ga “Telegram” messenjeri orqali o‘zini "Fazliddin" deb tanishtirib, unga haydovchilik guvohnomasi tayyorlab berishini aytib, oldindan 7 380 000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, yozishmalarni o‘chirib yuborgan hamda uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgizib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, J.F.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, JKning 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: