YeChL. «PSJ» kambek bilan «Barsa»ni, «Borussiya» esa «Atletiko»ni turnirdan chiqarib yubordi

Sport 02:05 / 17.04.2024 22846

Yevropa Chempionlar Ligasida dastlabki yarimfinal juftligi ma’lum bo‘ldi. 

O‘z uyida «Barselona»ga yutqazgan «PSJ» Kataloniyada irodali g‘alabaga erishdi. Mezbonlar himoyachisi Arauxo 1-bo‘limdayoq qizil kartochka olib, jamoasini qiyin ahvolga solib qo‘ydi. 

Madridda yutqazgan «Borussiya» esa Dortmunddagi «otishma»da yarimfinal chiptasini qo‘lga kiritdi. «Atletiko» 0:2 hisobida yutqaza turib hisobni tenglashtirgandi, ammo mezbonlar yana 2 ta gol urishdi. 

Shu tariqa yarimfinalning birinchi juftligida «PSJ» va «Borussiya D» o‘zaro to‘qnash keladi. Bu jamoalar guruhda ham o‘ynashgan va unda Parij klubi (2:0, 1:1) ustunlik qilgandi.

YeChL. 1/4 final. 16 aprel
Javob bahslari
Barselona — PSJ 1:4
Gollar:
Rafinya (12) — Dembele (40), Vitinya (54), Mbappe (61 penalti, 89). 
Barselona – ter Stegen, Kunde, Arauxo, Kubarsi, Joau Kanselu (Joau Feliks, 82), Gundo‘g‘an, de Yong (Lopes, 82), Pedri (Ferran Torres, 62), Rafinya, Yamal (Martines, 34), Levandovski.
PSJ – Donnarumma, Hakimi, Markinos, Ernandes, Mendesh, Fabian Ruis (Asensio, 77), Vitinya, Zair-Emeri (Ugarte, 80), Dembele (Kolo-Muani, 88), Barkolya (Li Kan In, 77), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Martines (40), Mbappe (40), Fabian Ruis (45+1), Levandovski (50), Markinos (62), Gundo‘g‘an (64), Donnarumma (87), Rafinya (90+7), Lopes (90+7). 
Chetlatish: Arauxo (29). 
Birinchi o‘yin — 3:2.

Borussiya D — Atletiko 4:2
Gollar:
Brandt (34), Matsen (39), Fullkrug (71), Zabitser (74) — Hummels (49, avtogol), Korrea (64). 
Borussiya D – Kobel, Ryuerson, Hummels, Shlotterbek, Matsen, Zabitser, Jan, Brandt (Roys, 90), Sancho (O‘zjan, 86), Adeyyemi (Bayno-Gittens, 66), Fullkrug.
Atletiko – Oblak, Molina (Barrios, 46), Ximenes, Ermoso, Vitsel, Aspilikueta (Rikelme, 46), Koke, De Paul (Saul, 84), Lorente, Grizmann, Morata (Korrea, 46).
Ogohlantirishlar: Aspilikueta (30), Ryuerson (43), Ermoso (45+1).
Birinchi o‘yin — 2:1.

Ko‘proq yangiliklar: