26 iyul, juma kuni Rossiya kemasi Finlandiya hududiy suvlariga kirib bordi. Finlandiyaning Helsingin Sanomat gazetasi mamlakat chegara xizmati bosh tergovchisi Petter Staufferga tayanib, Rossiya HDF Boltiq flotining dengiz tubini o‘rganish uchun mo‘ljallangan kemasi dengiz chegarasini kesib o‘tgani haqida xabar berdi.
Hodisa Finlyandiya ko‘rfazining sharqiy qismida yuz bergan va taxminan yetti daqiqa davom etgan. Rossiya kemasi chegara qo‘riqlash kemasi hamrohligida Finlandiya hududini tark etdi. Helsinkidagi Mudofaa vazirligi voqea yuzasidan tekshiruv boshlaganini bildirdi.
10 iyun kuni Finlandiya o‘z havo hududi Rossiyaning to‘rtta harbiy samolyoti tomonidan buzilganini ma’lum qildi.