Klasterlar uyushmasi va To‘qimachilik uyushmasini birlashtirish taklif etildi
Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Klasterlar uyushmasi va To‘qimachilik uyushmasini birlashtirib, yagona “xomashyodan tayyor mahsulotgacha” tizimini yaratish taklif qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident raisligida to‘qimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda To‘qimachilik uyushmasi faoliyatini ham faollashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Klasterlar uyushmasi va To‘qimachilik uyushmasini birlashtirib, yagona “xomashyodan tayyor mahsulotgacha” tizimini yaratish taklif qilindi.
Sohadagi muammolarni tadbirkordan yaxshi biladigan odam yo‘qligi bois, uyushmani to‘qimachilikning har bir yo‘nalishidagi tadbirkorlardan iborat kengash boshqaradi.
Uyushma klasterlar va to‘qimachilik korxonalariga mahsulot, investitsiya, eksport va ish o‘rinlarini ko‘paytirishga ko‘maklashishi, brendlar bilan ishlashning yaxlit tizimini yo‘lga qo‘yishi, xalqaro sertifikatlarga ega eksportchilar sonini oshirishi, yetakchi sorsing, brend va riteylerlarni jalb qilishi, Yevropa davlatlarida keng qamrovli targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishi muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, klasterlarda ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida ularda tadqiqot (R&D) guruhlarini tashkil etish taklif etildi.
Mavzuga oid

12:29 / 03.03.2025
Pokiston to‘qimachilik korxonasi O‘zbekistonda qo‘shma loyihani amalga oshiradi

13:52 / 14.02.2025
Kasaba uyushmalari filiallarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

14:14 / 29.11.2024
Polshadagi 5 ta savdo uyi orqali O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari sotuvi hajmi ortdi

17:30 / 27.11.2024