Kasaba uyushmalari filiallarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalarini va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
- yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalari filiallari va boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarini hisobga olishda inson omilini cheklash;
- yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalari filiallari va boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda QR-kodli ma’lumotnomalar berish;
- kasaba uyushmalari filiallari va boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari reyestrini yuritish.
Hujjatga ko‘ra filial va boshlang‘ich tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari markazlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining elektron platformasi va YaIDXP orqali ko‘rsatiladi.
Filial yoki boshlang‘ich tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov undirilmaydi.
Filial yoki boshlang‘ich tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi so‘rov ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqilishi kerak.
So‘rovni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ro‘yxatdan o‘tkazish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ro‘yxatdan o‘tkazilgan filiallar va boshlang‘ich tashkilotlar reyestrini yuritadi.
Mavzuga oid

10:20 / 17.08.2024
Kasaba uyushmalari tashkilotlarining ro‘yxatdan o‘tkazilishi soddalashtirildi

09:19 / 17.04.2024
Klasterlar uyushmasi va To‘qimachilik uyushmasini birlashtirish taklif etildi

07:20 / 02.03.2024
Britaniyada O‘zbekistonlik talabalar uyushmasi tashkil etiladi

23:32 / 30.01.2024