To‘qimachilik biznesi ajratilgan 25 mln dollarlik subsidiyadan hozircha faqat 4 mln dollaridan foydalandi
Tekstil sanoati korxonalariga matoni bo‘yosh uskunalarini sotib olish xarajatlarining 10 foizini qoplab berish uchun 25 mln dollar ajratilgan edi. Lekin o‘tgan ikki yilda bu subsidiyaning qariyb 4 mln dollarlik qismi o‘zlashtirilgan.

Foto: O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi to‘qimachilik sohasida xomashyoni chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish uchun ajratilgan mablag‘dan xususiy sektor qay darajada foydalanayotgani haqida ma’lumot berdi.
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil sentabridagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 25 mln dollar ajratilgan.
“Natijada bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar uchun 2023 yilda 19 ta korxonaga 26,5 mlrd so‘m qaytarib berilgan bo‘lsa, 2024 yilda 10 ta korxona uchun jami 16,7 mlrd so‘m qaytarib berildi.
Uskunalar qiymatining 10 foizlik qiymati qaytarilishi tadbirkorlar uchun muhim imkoniyat yaratadi. Subsidiyalar orqali taqdim etilayotgan bu imkoniyatlar, to‘qimachilik sohasida yangi bosqichga o‘tish va yanada muvaffaqiyatli ishlash uchun mustahkam asos bo‘ladi”, – deyiladi Savdo-sanoat palatasi axborotida.a
Iqtisodchi Otabek Bakirov yuqorida ko‘rsatilgan imkoniyatdan foydalangan tadbirkorlar sanoqli ekaniga e’tibor qaratdi.
“Jahon savdo tashkilotiga kirish bilan bog‘liq ravishda eksportchilarga imtiyozlarning bekor qilinayotgani to‘qimachilik biznesini tashvishga solayotgani aniq.
Masalan, bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizlik qiymatining qaytarilishidan foydalangan tadbirkorlar sanoqli. Haliyam aksar tekstilchilar kalava ip bilan chuvalashib yotishipti.
Davlat rahbari tashabbusi bilan bo‘yoqxona uskunasining 10 foizini subsidiyalash uchun 25 mln dollar ajratilgan. Qisqa muddat ichida 30 ta yangi bo‘yoqxonaga 4 mln dollar subsidiya to‘lab berilgan.
Davlatning o‘zi subsidiya orqali qo‘llab-quvvatlayotgani, xomashyo sotishdan foyda katta bo‘lmasligi tekstilchilar uchun aniq signal bo‘lishi kerak.
Mato bo‘yaldimi, gul bosildimi, narxi, raqobatbardoshliligi oshadi, bozori kengayadi, xaridori ko‘payadi. Buyalmagan matoni 3 dollar, bo‘yalganini esa 6 dollardan sotsa bo‘ladi. 3 mlrd dollar emas, 6 mlrd dollarlik eksport qilish mumkin.
Yengil sanoat baribir bir kun yakuniy qayta ishlash bosqichiga o‘tadi. Xomashyo sotish xato ekanini biznes ham tushunib yetadi, uskunani olib kelib qayta ishlashni boshlaydi. Lekin bu ishni davlat subsidiya berayotganida qilish eng to‘g‘ri yo‘l”, – deya yozdi Bakirov.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada O‘zbekiston mahsulotlarining doimiy ombori tashkil etiladi
Iqtisodiyot | 15:32
-
O‘zbekiston-Pokiston qo‘shma Savdo-sanoat palatasi tuziladi
O‘zbekiston | 15:19
-
Polsha Germaniya bilan chegarada chegara nazoratini joriy qildi
Jahon | 15:10
-
Rossiya Markaziy Osiyo energetika tizimlarining parallel ishiga qo‘shilish niyatida
Jahon | 15:04
Mavzuga oid

15:19
O‘zbekiston-Pokiston qo‘shma Savdo-sanoat palatasi tuziladi

14:00 / 20.05.2025
Germaniya O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasida ishlayotgan ayol menejerlarni qo‘llab-quvvatlaydi

12:29 / 03.03.2025
Pokiston to‘qimachilik korxonasi O‘zbekistonda qo‘shma loyihani amalga oshiradi

22:20 / 11.02.2025