Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga igna va “samorez” sanchib jazolagani aniqlandi

O‘zbekiston 15:39 / 16.04.2024 13184

Holat Toshkent shahri Sergeli tumanidagi 277-maktabning 1-“e” sinf o‘quvchilari bilan sodir bo‘lgan. Bolalar ombudsmanining xabar berishicha, 16 aprel kuni bolalarning 15 nafar ota-onasi maktab direktorining huzuriga kelib, 1-“e” sinf rahbari ustidan shikoyat qilgan.

Unga ko‘ra, o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘lining kaft qismi ustiga “samorez” va ignalar bilan sanchib, turli jarohatlar yetkazgan, “go‘yoki shunday usulda bolalarni tarbiyalashga uringanini” bildirishgan.

1-“e” sinf rahbari S.R. bolalarga nisbatan shunday nomaqbul harakatlarni sodir qilganligi yuzasidan o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, u ishdan bo‘shatildi”, deyiladi rasmiy izohda.

Hozirda holat yuzasidan Sergeli tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Vaziyatni Bolalar ombudsmani nazoratga olgan. Bu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: