Dubayda kuchli jala tufayli suv toshqini yuz berdi, samolyotlar parvozi to‘xtatildi

Jahon 22:53 / 16.04.2024 15901

Birlashgan Arab amirliklarining (BAA) Dubay shahrida kuchli jala quyishi oqibatida suv toshqini yuz berdi. 

Hodisa tasvirlangan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Lavhalarda yashin chaqnagani, kuchli jala quygani, ko‘chalarni, metroni suv bosganini ko‘rish mumkin. 

Suv toshqini oqibatida Dubay xalqaro aeroporti faoliyati ham cheklandi. Aeroport hududi va uchish-qo‘nish yo‘laklari suv ostida qolgani tufayli samolyotlar parvozi kechiktirilmoqda. 

Uzbekistan Airways xabariga ko‘ra, ob-havo sharoiti noqulayligi va kuchli yomg‘irlar tufayli, HY334 «Dubay - Toshkent» aviaqatnovi kechiktirilgan. Qayd qilinishicha, havo kemasi qariyb 7 soatlik kechikish bilan Toshkentga yetib kelishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: