Uzbekistan Airways Toshkent-Tel-Aviv yo‘nalishidagi bitta reysni bekor qildi

O‘zbekiston 07:25 / 15.04.2024 6438

Uzbekistan Airways 2024 yil 15 aprel kuni HY301/302 Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlarini bekor qildi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, bu Yaqin Sharq mamlakatlarining bir qismi ustidan havo hududi yopilishi munosabati bilan, shuningdek, O‘zbekiston aviatsiya hukumatining parvozlar xavfsizligini ta’minlash zarurati bilan bog‘liq qarorini hisobga olgan holda amalga oshirildi.

Faqat 2024 yil 15 aprel kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY301/302 aviaqatnovi aviachiptalarini qayta bron qilish yoki pul mablag‘larini jarima undirilmagan holda qaytarish uchun yo‘lovchilardan Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qilish so‘ralgan.

14 aprelga o‘tar kechasi Eron Isroilga yuzlab raketa va uchuvchisiz uchoqlarni uchirdi. Isroil mudofaa kuchlari ularning 99 foizi urib tushirilganini bildirdi. Hujumga javoban Isroil havo hududini vaqtincha yopdi. Dunyo aviakompaniyalari Eron va Iroq orqali o‘tadigan yo‘nalishlarni mintaqa mamlakatlariga o‘zgartirdi.

Ko‘proq yangiliklar: