Termizda O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 12:08 / 15.04.2024 2770

"Dunyo" xabariga ko‘ra, bu ikki davlat o‘rtasidagi beshinchi harbiy mashg‘ulot bo‘lmoqda. 2019 yildan buyon shu paytgacha "Do‘stlik" mashg‘ulotlari har ikki davlatda ikki martadan o‘tkazilgan.

Avvalgilaridan farqli ravishda navbatdagi qo‘shma tadbirda tomonlarning 60 nafardan harbiy xizmatchisi ishtirok etmoqda. Shuningdek, quruqlikdagi qo‘shinlar vakillariga harbiy havo kuchlari mutaxassislari ham qo‘shilgan.

Mashg‘ulotlarda harbiy bo‘linmalar o‘rtasida terrorizmga qarshi birgalikda kurashish va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishda muvofiqlashtirilgan harakatlar va jipslikni oshirishga asosiy e’tibor qaratiladi.

O‘zbekistonda tashkil etilayotgan hamkorlikdagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlari Hindiston ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.

Xususan, Doordarshan milliy telekanali, Asian News International axborot agentligi, The Economic Times gazetasi, The Print axborot portali va boshqa ommabop manbalarda qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarning tarixi va ahamiyati haqida maqolalar chop etildi.

Ikki davlat mudofaa idoralari o‘rtasidagi hamkorlik rejasiga muvofiq tashkil etilgan mashg‘ulotlar 28 aprelgacha davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: