Bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Markaziy viloyatlarda va respublika janubida ayrim joylarda yomg‘irlar kuchli bo‘ladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir kechga tomon boshlanadi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, havo harorati +15...+20 daraja atrofida bo‘ladi. 16 aprel kuni Farg‘ona vodiysida, kechasi va ertalab esa Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
17-19 aprel kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va ish haftasining oxiriga borib +25...+28 darajaga, shimolda va janubda +29...+31 darajaga yetadi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 15-16 aprel kunlari yomg‘ir yog‘adi, 15 aprelda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi. Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtda 15 aprelda kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 16 aprelda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi. Harorat kunduz kunlari asosan +15...+20 daraja bo‘ladi. 17-19 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kunlari harorat +23...+27 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi. Harorat kechalari asosan +7...+12 daraja bo‘ladi.