Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yili boshida O‘zbekistonddagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni 547,7 ming nafarni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2019/2020 o‘quv yili boshiga nisbatan solishtirilganda 61,1 ming nafarga oshgan.
Yillar kesimida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni:
- 2019/2020 o‘quv yili boshiga 486,6 ming nafar;
- 2020/2021 o‘quv yili boshiga 508,2 ming nafar;
- 2021/2022 o‘quv yili boshiga 510,0 ming nafar;
- 2022/2023 o‘quv yili boshiga 521,6 ming nafar;
- 2023/2024 o‘quv yili boshiga 547,7 ming nafar.
Ma’lumot uchun, 2023/2024 o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari soni 10 750 tani tashkil etgan.