Markaziy Osiyo bo‘ylab turistik poyezd harakatini boshladi

O‘zbekiston 10:25 / 14.04.2024 8177

Markaziy Osiyoning uch mamlakati – Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston bo‘ylab turistik charter poyezd harakatlanadi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2013 yilda “O‘zbekiston temiryo‘llari” hamda Germaniyaning “Lernidee Erlebnisrisen” turistik kompaniyasi hamkorligidagi “Orient Silk Road Express” turistik charter poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yil 29 mart kuni Germaniyaning “Lernidee Erlebnisrisen” kompaniyasi “Qozoq turizm” milliy kompaniyasi bilan hamkorlikda Qozog‘istonning Olmaota shahridan navbatdagi turistik charter poyezd o‘z harakatini boshlagan.

Hozirgi kunda “Orient Silk Road Express” belgilangan jadval bo‘yicha harakatlanmoqda. Poyezd “Olmaota — Baliqchi — Bishkek — Turkiston — Samarqand — Qamashi — Shahrisabz — Buxoro — Xiva — Toshkent — Xiva — Buxoro — Shahrisabz — Qamashi — Samarqand — Turkiston — Bishkek — Baliqchi — Olmaota” yo‘nalishida harakatlanadi va turli davlatlardan kelgan xorijiy sayyohlariga xizmat ko‘rsatadi. 

Qayd etilishicha, ushbu turistik charter poyezdi 11 kun davomida O‘zbekiston hududida harakatlanadi va sayyohlar bu kunlar davomida yurtimizning tarixiy shaharlarini tomosha qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: