Narxi 600-800 dollar oralig‘idagi eng ko‘p sotilgan 20 ta smartfon nomi e’lon qilindi

Jahon 15:36 / 13.04.2024 18549

Chaodian tahlilchilari bahosi 600-800 dollar oralig‘idagi eng ko‘p sotilgan smartfonlarning global reytingini e’lon qildi. Ma’lumotlar o‘tgan yilning IV choragi bo‘yicha tahlil qilingan.

Qayd etilishicha, hisobot davrida ushbu narx segmentida dunyodagi eng ommabop telefon iPhone 15 bo‘lgan va 5,29 million nusxada sotilgan. Ikkinchi o‘rinni iPhone 13 (2,37 million), uchinchi o‘rinni esa Galaxy S23 FE(2,24 million) egallagan.

Top-20 talikdan quyidagi smartfonlar o‘rin olgan:

Avvalroq, Canalys tadqiqot kompaniyasi 2023 yilda dunyoda eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingini e’lon qilgandi. Unda o‘nta o‘rindan yettitasini Apple telefonlari egallagan.

O‘tgan yilda dunyoda eng ko‘p sotilgan Top-10 smartfon:

- iPhone 14 Pro Max (34 million);

- iPhone 15 Pro Max (33 million);

- iPhone 14 (29 million);

- iPhone 14 Pro (29 million);

- iPhone 13 (23 million);

- Galaxy A14 4G (21 million);

- iPhone 15 Pro (21 million);

- Galaxy A54 (20 million);

- Galaxy A14 5G (19 million);

- iPhone 15 (17 million). 

Ko‘proq yangiliklar: