Toshkentda uchta mashina ishtirokidagi YTHda 3 kishi jarohatlandi

O‘zbekiston 07:16 / 12.04.2024 7327

Yangihayot tumanida uchta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Joriy yilning 11 aprel kuni soat 21:50 larda Yangihayot tumani Qo‘rg‘ontepa 1-tor  ko‘chasida Bestune, Cobalt va Damas rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

YTH oqibatida 3 nafar haydovchiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan.

“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishni hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishni so‘raymiz”, deyiladi Toshkent shahar IIBB YHXB xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: