Toshkent shahrining Yangihayot tumani, “Marhamat” MFY, 9-qurilish hududi, 40-uy oldida avtomobil yonib ketdi. Bu haqdagi xabar 1 fevral kuni soat 15:34 da Toshkent shahar FVBga kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari manzilga soat 15:41 da yetib borib, yong‘in soat 15:46 da o‘chirildi.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.