O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari kelgani aytildi

O‘zbekiston 12:36 / 12.04.2024 3941

2024 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga 16,9 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida tashrif buyurgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 11,5 ming nafarga yoki 3,1 barobarga oshgan.

O‘zbekistonga 2024 yilning dastlabki 2 oyida eng ko‘p quyidagi davlatlarning fuqarolari tijorat maqsadida tashrif buyurgan:

  • Turkmaniston – 12 013 nafar;
  • Tojikiston – 2 937 nafar;
  • Afg‘oniston – 582 nafar;
  • Xitoy – 260 nafar;
  • Turkiya – 243 nafar;
  • Hindiston –167 nafar;
  • Janubiy Koreya – 133 nafar;
  • Qirg‘iziston – 101 nafar;
  • Eron – 65 nafar nafar;
  • AQSh – 61 nafar.
Ko‘proq yangiliklar: