YeChL. «Barsa» Parijdagi «otishma»da kambekka kambek bilan javob berdi, «Atletiko» «Borussiya D»ni mag‘lub etdi

Sport 02:03 / 11.04.2024 22195

Chempionlar Ligasida 1/4 finalning dastlabki o‘yinlari yakunlandi. 

«Barselona» Parijda o‘tgan gollarga boy bahsda kambekka kambek bilan javob berib, g‘alabani ilib ketdi. Rafinyaning dubli va Kristensenning goliga mezbonlardan Dembele hamda Vitinya javob berishdi. 

«Atletiko» esa Madridda De Paul va Linoning gollari evaziga «Borussiya D»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Yagona javob to‘pi Aller hisobiga yozildi. 

Javob bellashuvlari 16 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. 

YeChL. 1/4 final. 10 aprel
Birinchi o‘yinlar
PSJ — Barselona 2:3
Gollar:
Dembele (48), Vitinya (51) — Rafinya (37, 62), Kristensen (77). 
PSJ – Donnarumma, Markinos, Ernandes, Lukas Beraldo, Mendesh, Fabian Ruis (Gonsalu Ramush, 85), Vitinya, Li Kan In (Zair-Emeri, 61), Dembele, Asensio (Barkolya, 46), Mbappe.
Barselona – ter Stegen, Kunde, Arauxo, Kubarsi, Joau Kanselu, Serxio Roberto (Pedri, 61), Gundo‘g‘an (Lopes, 86), de Yong (Kristensen, 76), Rafinya (Ferran Torres, 76), Yamal (Joau Feliks, 61), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Roberto (34), Vitinya (65), Kubarsi (82), Kristensen (88), Lopes (89), Beraldo (89).

Atletiko — Borussiya D 2:1
Gollar:
De Paul (4), Lino (32) — Aller (81).
Atletiko – Oblak, Molina, Aspilikueta, Ximenes, Vitsel, Saul, Koke, De Paul (Korrea, 80), Lorente, Grizmann, Morata (Barrios, 64), Lino.
Borussiya D – Kobel, Ryuerson, Hummels, Shlotterbek, Matsen, Zabitser (Roys, 84), Jan (O‘zjan, 84), Nmecha (Brandt, 46), Sancho, Adeyyemi (Bayno-Gittens, 73), Fyullkrug (Aller, 60).
Ogohlantirishlar: Jan (24), Lino (27), Lorente (28), Matsen (53), Ximenes (75).

Ko‘proq yangiliklar: