AQShda maktabda otishma sodir etgan o‘smirning ota-onasi qamoq jazosiga hukm qilindi

Jahon 13:17 / 11.04.2024 8863

AQShda 2021 yilda Michigan shtatining Oksford shahridagi maktabda to‘rt kishini otib o‘ldirgan o‘smirning ota-onasi sudlandi. 9 aprel kuni Oklend okrugi sudyasi Jyennifer va Jyeyms Kramblini 10 yildan so‘ng muayyan shartlar ostida ozodlikka chiqish imkoniyati bilan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Sudya Sheril Metyuz er-xotinni maktabning o‘g‘li ruhiy muammolari haqidagi takroriy ogohlantirishlariga e’tibor bermaganlikda aybdor deb topdi

Sud qarorida ta’kidlanganidek, ota-onalardan farzandlarining «fikrini o‘qishi»ni kutish mumkin emas, biroq ular xatti-harakati tufayli fojia oldini olish mumkin edi. O‘smir ota-onasining ishi ikkita alohida sud jarayonida ko‘rib chiqildi, ammo hukm birgalikda e’lon qilindi. Qo‘shma Shtatlarda birinchi marta ota-onalar bunday holatda odam o‘ldirishda aybdor deb topildi. 

Ota o‘smirga Rojdestvo munosabati bilan to‘pponcha sotib olib bergan

Sud jarayonida Jyennifer Kramblining tan olishicha, jinoyat sodir etilishidan bir necha kun oldin eri o‘g‘liga yaqinlashib kelayotgan Rojdestvoga sovg‘a sifatida Sig Sauer rusumli 9 mm kalibrdagi to‘pponcha sotib olgan va ertasi kuni u bilan birga o‘q otish poligoniga ketgan. Hujum sodir bo‘lgan kuni - 2021 yil 30 noyabr - 15 yoshli o‘smirda qotillik tasvirlari topilganidan so‘ng, ota-onalar maktabga chaqirilgan va o‘g‘lini psixologga yuborish tavsiya etilgan, biroq ular uni uyga olib ketishdan bosh tortgan. Keyinroq Itan Krambli hojatxonaga borib, qo‘lida to‘pponcha bilan qaytib kelgan. U 14-17 yoshlardagi to‘rt nafar o‘quvchini o‘ldirgan, yana yetti nafarini yaralagan. 

2023 yilda 17 yoshli Itan Krambli 24 ta band bo‘yicha aybdor deb topilib, shartli ravishda chiqish huquqisiz umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm etildi.

Qurolga egalik qilish haqidagi qonunlarni kuchaytirish Qo‘shma Shtatlardagi eng bahsli siyosiy mavzulardan biridir. 2022 yilda qonunchilikka kichik qat’iylashtiruvchi o‘zgartirishlar kiritildi. Gun Violence Archive portaliga ko‘ra, 2023 yilda qurolli zo‘ravonlik oqibatida deyarli 19 ming kishi halok bo‘lgan. 

Ko‘proq yangiliklar: