Joriy yilning 9 aprel kuni soat 22:50 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘lida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 2003 yilda tug‘ilgan Sh.F. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l inshootiga to‘qnashgan.
YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishni hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.