Andijonda yaroqsiz holatga kelib qolgan maktab va bog‘chalar buziladi

O‘zbekiston 21:26 / 10.04.2024 4076

Andijon viloyatida yaroqsiz holatga kelib qolgan maktab va bog‘chalar buziladi. Bu haqda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning tegishli qarori qabul qilindi.

Qayd qilinishicha, 11 ta maktab va 9 ta bog‘cha buziladi. Bunga Andijon viloyati Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi xulosasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xati asos qilib olingan. Binolarni buzishdan olingan yaroqli materiallarni balansda saqlovchi tashkilotlarga kirim qilinadi. Buzilishdan bo‘shagan yer maydonlari ta’lim boshqarmasi balansida qoldiriladi.

Buzilishi belgilangan binolardan ikkitasi Andijon shahrida joylashgan. Andijon tumanida — bitta, Asakada, Bo‘ston, Jalaquduq, Marhamat va Oltinko‘lda — ikkitadan, Shahrixonda esa uchta obekt buziladi. Shuningdek, Paxtaobod, Xo‘jaobod, Izboskan, Qo‘rg‘ontepada bittadan bino buziladi.

Binolarning eng eskisi 1937 yilda, yana ikkitasi 1938 yilda qurilgan. Yaroqsiz holatga kelib qolgan binolar orasida 1985 yilda qurilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti ham bor.

Ko‘proq yangiliklar: