2024 yilda hunarmandlarga qancha subsidiya ajratilishi aytildi

Iqtisodiyot 13:08 / 10.04.2024 4502

2024 yilda jami 23,8 ming nafar hunarmandlarga 44,7 mlrd so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilishi rejalashtirilgan. Bu haqda respublika "Hunarmand" uyushmasi boshqarma boshlig‘i Jamshid Tilyakov ma’lum qildi.

Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar 5 turda tuman (shahar)larning toifasiga qarab ajratiladi:

birinchi: «Usta-shogird» an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlash uchun — 6 oy davomida ajratiladi;

ikkinchi: shogirdlarga — mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish uchun;

uchinchi: ustalarga — internet saytlarini yaratish, o‘z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlari uchun;

to‘rtinchi: hunarmandlarning «Hunarmand» uyushmasiga a’zolik badali xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha (1 700 000 so‘m);

beshinchi: hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joyini moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha (13 600 000) miqdorda subsidiya ajratiladi.

Ko‘proq yangiliklar: