Vilnyusda noma’lum shaxslar Rossiya elchixonasiga ikkita hujum uyushtirdi, natijada Ukraina Qahramonlari ko‘chasidagi bino devoriga zarar yetdi, deya xabar bermoqda Delfi Litva politsiya departamentiga tayanib. Birinchi hujum 7 aprelga o‘tar kechasi, ikkinchisi esa keyingi tunda amalga oshirilgan, deb yozadi nashr 8 aprel, dushanba kuni.
Noma’lum shaxslar yonuvchi modda solingan butilkalarni uloqtirgan
Ikkala holatda ham noma’lum shaxslar binoga yonuvchi modda solingan butilkalarni tashlab, zarar yetkazgan. Nashrning yozishicha, tergov boshlandi.
Rossiyaning Litvadagi elchixonasi va Rossiya Tashqi ishlar vazirligi hozircha voqealarga izoh bermadi.
Rossiyaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga hujumlar RFning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanganidan beri bir necha bor sodir bo‘ldi. Xususan, 2022 yil aprel oyida Rossiyaning Buxarestdagi elchixonasi darvozasiga avtomashina borib urilgan, haydovchi voqea joyida vafot etgan. O‘sha yilning oktyabrida va 2023 yilning avgustida Kishinyovdagi Rossiya elchixonasiga hujumlar uyushtirildi.